Brentford Jadon Sanchoni tekinga qo'lga kiritmoqchi
«Brentford» Jadon Sanchoni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda, ammo futbolchining maosh talablari transferga to'sqinlik qilishi mumkin.
SportsBoom xabariga ko'ra, «Brentford» Jadon Sanchoni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
«Brentford» dastlabki so'rovlarni yubordi, ammo futbolchining maosh borasidagi talablari asosiy to'siq bo'lib qolmoqda. O'yinchi, shuningdek, Qatar klubi «Al-Rayyan»dan ham takliflar olgan.