Yulian Brandt «Ayaks» bilan 2029-yilga qadar shartnoma imzoladi. Shuningdek, Mark-Andre ter Shtegen ham jamoaga o'tishi kutilmoqda.
Rasman: Yulian Brandt — «Ayaks» futbolchisi.
Kutilmaganda erkin agent sifatida «Ayaks» safiga qo'shildi. Amsterdam klubi Angliya Premyer-ligasining ikki jamoasini ortda qoldirib, «Borussiya»ning sobiq yarim himoyachisi bilan 2029-yilga qadar shartnoma imzoladi.
Mark-Andre ter Shtegen ham jamoaga o'tishi kutilmoqda va u bugun kechqurun «Ayaks» safiga kelib qo'shilishi mumkin.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Mark-Andre ter Shtegen «Ayaks»ga o'tmoqda. Soliq masalalari hal etilgan, «Barselona» esa ushbu transferga o'z roziligini bergan.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Mark-Andre ter Shtegen «Ayaks»ga o'tmoqda. Soliq masalalari hal etilgan, «Barselona» esa ushbu transferga o'z roziligini bergan.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" tarkibni shakllantirish jarayonida besh nafar futbolchisi bilan xayrlashish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
🚨 Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" tarkibni shakllantirish jarayonida besh nafar futbolchisi bilan xayrlashish variantlarini ko'rib chiqmoqda:
Mark-Andre ter Shtegen — "Ayaks"ga ijara asosida o'tishga yaqin.
Mark Kasado — transferga qo'yilishi mumkin.
Runi — uning jamoadan ketishi kutilmoqda.
Alexandro Balde — munosib taklif bo'lsa, sotib yuborilishi mumkin.
Ronald Arauxo — uning kelajagi hozircha noaniq.
Klubning asosiy maqsadi markaziy hujumchini tarkibga qo'shib olish bo'lib qolmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Mark-Andre ter Shtegenning «Ayaks»ga o'tishi bo'yicha muzokaralar berk ko'chaga kirib qoldi.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Mark-Andre ter Shtegenning «Ayaks»ga o'tishi bo'yicha muzokaralar berk ko'chaga kirib qoldi.
Tomonlar murosaga kela olmayapti. Muammo endi faqat soliq masalalari bilan bog'liq emas: so'nggi soatlarda darvozabonning maoshini taqsimlash borasida kelishmovchilik yuzaga keldi.
«Barselona» moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilgan holda yon berishni istamayapti. «Ayaks» esa o'z navbatida keyingi qadamlarni tashlay olmaydi. Vaziyat yana berk ko'chaga kirib qoldi va yechim topish oson bo'lmaydi. Hozircha aniq bo'lgan narsa shuki, barchasi yaqin kunlarda hal bo'ladi. Hozircha esa Mark «Barselona»da qolmoqda.
Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" mashg'ulotini o'tkazib yubordi. Darvozabon yaqin kunlarda Amsterdamga yo'l olishi kutilmoqda.
Karlos Monfort xabariga ko'ra, Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" ruxsati bilan bugungi mashg'ulotda ishtirok etmadi. U yaqin kunlarda Amsterdamga safar qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Yuristlar va klublar hali ham soliq va byurokratik masalalarni hal qilmoqda, ammo muzokaralarga yaqin manbalar bitim yakunlanishida hech qanday muammo bo'lmasligini tasdiqlashmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Mark-Andre ter Shtegen «Ayaks»ga ijara asosida o'tishga yaqin turibdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Ayaks» kiyim almashtirish xonasida Mark-Andre ter Shtegenni intiqlik bilan kutishmoqda.
Nemis darvozaboni niderlandiyaliklar klubiga ijara asosida o'tishga yaqin turibdi. Bitimning so'nggi detallari hal qilinishi qolgan, shundan so'ng u avvalroq «Jirona»da birga ishlagan Mishel bilan yana birga faoliyat olib boradi.
Viktor Navarro Ter Shtegenning transferi va Ferran Torresning kelajagi borasidagi vaziyatga oydinlik kiritdi.
Viktor Navarro xabariga ko'ra, «Barsa»da Ter Shtegenning «Ayaks»ga o'tishi bilan bog'liq soliq muammolari yaqin kunlarda hal bo'lishiga umid qilishmoqda.
Ferran Torresga kelsak, na jamoadoshlari, na klub uning kelajakdagi rejalari haqida hech narsa bilishmaydi. U ta'tildan zavqlanmoqda va barcha uning o'z fikrini bildirishini kutmoqda.
Xansi Flik Ter Shtegenni Angliyaga yo'l oladigan tarkibga kiritdi. Darvozabonning "Ayaks"ga o'tishi bilan bog'liq vaziyat esa hal qilinmoqda.
Xavi Migel xabariga ko'ra, Xansi Flik Ter Shtegenni Angliyaga yo'l oladigan futbolchilar ro'yxatiga kiritdi. Shuningdek, tarkibdan Fermin, Arauxo, Balde va ta'tildan qaytadigan Rafinya ham o'rin olgan.
Har qanday holatda ham, barchasi Ter Shtegen va Flikning Angliyaga jo'nab ketishdan oldingi uchrashuviga bog'liq.
Nemis murabbiyi, agar darvozabon o'z vaziyatini uzil-kesil hal qilib olish uchun Barselonada qolishni afzal ko'rsa, bunga qarshilik qilmaydi.
Biroq, agar u jamoa bilan yig'inga borishni istasa, Flik uni quchoq ochib kutib oladi.
Ter Shtegenni "Ayaks"ga o'tishidan faqatgina ayrim soliq byurokratik masalalari ajratib turibdi. Klub yaqin kunlar ichida ushbu vaziyatni tartibga solishga umid qilmoqda, ular futbolchining maoshi borasida qo'shimcha sa'y-harakatlar qilishlari kerakligini tushunib turishibdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Ayaks» Mark-Andre ter Shtegenning transferi atrofidagi vaziyatni hayronlik bilan kuzatmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Ayaks» Mark-Andre ter Shtegenning transferi atrofidagi vaziyatni hayronlik bilan kuzatmoqda. 😀
Soliq bilan bog'liq tafsilotlar, aniq mohiyati noma'lum bo'lib qolayotgani sababli, 34 yoshli nemis darvozaboni hali ham «Ayaks» futbolchisiga aylanmadi va Amsterdamda sabr kosasi to'lib bormoqda.
«Barselona»da muammo aynan ter Shtegenning o'zi bilan bog'liqligini ta'kidlashmoqda, biroq vaziyat yakunda ijobiy yakunlanishiga hech kim shubha qilmayapti.
Mark-Andre ter Shtegenning «Ayaks»ga ijarasi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Tomonlar kelishuvga yaqin, ammo hali yakuniy nuqta qo'yilmagan.
😀 Tomonlar Mark-Andre ter Shtegenni «Ayaks»ga ijaraga berish bo'yicha prinsipial kelishuvga erishdi, biroq bitim hali yakuniga yetmagan. Kechikishga soliq masalalari va maosh to'lashdagi tafsilotlar sabab bo'lmoqda.
«Barselona» darvozabon shartnomasining katta qismini qoplashga tayyor, ammo «Ayaks»dan o'yin vaqti, sovrinlar va Chempionlar ligasiga chiqish uchun bonuslar olishni istamoqda.
Amsterdamliklar transferni hafta oxirigacha yakunlashni rejalashtirmoqda, aks holda boshqa variantlarga o'tishadi. Hozirda ter Shtegen «Barselona»da uchinchi darvozabon hisoblanadi.