Santi Ovalle xabariga ko'ra, "Barselona" markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda, ammo bosh murabbiy Xansi Flik bunga qarshi. Flik hujumchi transferini ma'qul ko'rmoqda va tarkibda Jerar Martin borligi unga yetarli ekanligini ta'kidlamoqda.
Klubning sport bo'limi markaziy himoyachi uchun nomzodlarni, jumladan Alessandro Bastonini kuzatmoqda. Biroq Flik bunga rozi emasligi sababli, hozircha muzokaralar to'xtab turibdi.
Ronald Arauxo ketgan taqdirda vaziyat o'zgarishi mumkin. Klubdagilar, agar futbolchi Xansi Flik bilan suhbatdan so'ng o'yin amaliyoti kam bo'lishini tushunib yetsa, jamoani tark etishi mumkin deb hisoblashmoqda. Arauxoning atrofidagilar esa futbolchining shartnomasi 2031-yilga qadar mo'ljallanganini va uning "Barsa"dan ketish niyati yo'qligini ta'kidlashda davom etmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!