#Alehandro Balde — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Alehandro Balde jarohat sabab mashg'ulotlarni o'tkazib yubormoqda

Alehandro Balde jarohat sabab mashg'ulotlarni o'tkazib yubormoqda

Alehandro Balde qov sohasidagi og'riqlar sababli yakka tartibda shug'ullanmoqda. Futbolchi La Liga startiga qadar safga qaytishi kutilmoqda.

Xavi Migel xabariga ko'ra, Alehandro Balde pubalgiya (qov sohasidagi og'riq) bilan kurashmoqda.

Himoyachi jamoa bilan mashg'ulotlardan chetlatilgan va qov sohasidagi og'riqlar sababli trenajyor zalida maxsus mashqlarni bajarishga majbur bo'lmoqda. U deyarli bir haftadan buyon jamoadoshlari bilan birga shug'ullanishiga xalaqit berayotgan noqulaylikni bartaraf etish uchun davolanish kursini o'tamoqda.

Ayni damda klubda xavotir uchun asos yo'q: u La Liga startiga 100 foiz tayyor bo'lishi uchun ish olib borilmoqda. Dushanba kuni Balde Angliyaga yo'l olishi va imkoniyat bo'lsa, Birmingemga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

O'ng ustun yangiliklari

Alehandro Balde: "Mening kumirim Samuel Eto'O bo'lgan"

Alehandro Balde: "Mening kumirim Samuel Eto'O bo'lgan"

Barselona himoyachisi Alehandro Balde o'zining bolalikdagi kumiri kim bo'lganini ma'lum qildi.

🗣️ Alehandro Balde:

Lionel Messi — barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi, lekin mening eng sevimli o'yinchim — Samuel Eto'O.
U bolaligimda mening kumirim bo'lgan va men doimo unga havas qilganman.