ESPN muxbiri Rodra xabariga ko'ra:
«Real Madrid» yozda yulduz hujumchini tarkibga qo'shib olmoqchi. Olise klubda eng ko'p tilga olinayotgan nomzod. «Qirollik klubi» yangi yulduz uchun tarkibdan joy bo'shatishni rejalashtirmoqda, shu sababli Endrik yoki Gonsaloni ijaraga berish talab etiladi. Madridda 20 yoshli braziliyalik futbolchini yana bir bor ijaraga berish varianti ko'rib chiqilmoqda, ammo o'yinchi klubni tark etishni istamayapti va tarkib uchun kurashmoqchi. Mourinyu rejasi — mavsumoldi yig'inlarida Endrik va Gonsalo o'yinini kuzatish, so'ngra ulardan birini vaqtincha boshqa jamoaga ijaraga yuborishdan iborat.
Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra:
Agar «Bavariya» Olise va ehtimol «Real»ga transferni amalga oshirish imkoniyati borligini ma'lum qilsa, madridliklar vinger uchun kurashib ko'rishadi. Mastantuono masalasiga kelsak, klub uning boshqa jamoaga sotib olish huquqisiz ijaraga o'tishiga «yashil chiroq» yoqdi. Ayni damda madridliklar Gonsaloni ijaraga berishga tayyor emas.
Cope xabariga ko'ra:
Agar «Real Madrid» yozda Gonsalo bilan xayrlashsa, bu faqat doimiy transfer asosida bo'ladi, ijara emas. Aynan shu sababli 22 yoshli hujumchi «Betis»ga o'tmadi. Arbeloa esa futbolchini «Fulxem» safida ko'rishni istamoqda. Mastantuono esa yozda «Real»ni tark etadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!