Uli Xyones Maykl Olise va Madridning «Real» klubi o'rtasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
Men shunchaki kuldim. Uning shartnomasi yana uch yilga mo'ljallangan, shuning uchun bu men uchun umuman mavzu emas. Hatto Xitoy imperatori kelib so'rasa ham, biz Olisening sotilishini muhokama qilmaymiz. Xuddi shu narsa Luis Diasga ham tegishli. Bizda dunyodagi eng yaxshi hujum triosi bor — Olise, Dias va Keyn. Biz ulardan birortasini sotish haqida o'ylayotganimiz ham yo'q.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!