🖥 BILD xabariga ko'ra, Kilian Mbappe Florentino Peresga Maykl Oliseni «Real Madrid»ga o'tishga ko'ndirganini ma'lum qilgan. Hujumchi vingerning «qaymoqranglilar» safiga qo'shilishini qattiq talab qilmoqda.
2026-yilgi jahon chempionati davomida Mbappe Olise bilan har kuni faol muloqot qilib, «Madrid» tarkibida maydonda qanchalik yaxshi hamkorlik qila olishlarini tushuntirgan. Mbappe Oliseni madridliklarning unga ehtiyoji borligiga ishontira olgan.
Bundan tashqari, suhbatlar chog'ida Fransiya terma jamoasi sardori Ispaniya poytaxtidagi hayotni, jumladan, eksklyuziv restoranlar va iliq ob-havoni ham maqtagan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!