#Maykl Karrik — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Meyson Maunt «Manchester Yunayted»da qoladi

Meyson Maunt «Manchester Yunayted»da qoladi

Mavsum yakunini yaxshi o'tkazgan Meyson Maunt «Manchester Yunayted»dagi kelajagini saqlab qoldi.

Mavsum yakunini yaxshi o'tkazgan Meyson Maunt klubdagi kelajagini saqlab qoldi.

Maykl Kerrik futbolchining mehnatsevarligini yuqori baholamoqda. O'z navbatida, Meyson «MYu» yarim himoyasidagi muammolarni hal qilish uchun maydon markazida chuqurroq pozitsiyada o'ynashga tayyor.

Maykl Karrik mavsum starti arafasida

Maykl Karrik mavsum starti arafasida

Biz chempionatning eng kuchli jamoalarini mag‘lub eta olishimizni isbotlab bo‘ldik. Endi bizning vazifamiz — butun APL mavsumi davomida ushbu darajani namoyish etish va da’vogarlik qiladigan har bir sovrinimiz uchun oxirigacha kurashishdir

🗣️ «Biz chempionatning eng kuchli jamoalarini mag‘lub eta olishimizni isbotlab bo‘ldik. Endi bizning vazifamiz — butun APL mavsumi davomida ushbu darajani namoyish etish va da’vogarlik qiladigan har bir sovrinimiz uchun oxirigacha kurashishdir.

Jamoani yana maydonga olib tushish uchun yangi mavsum boshlanishini katta intiqlik bilan kutyapman. Hamda «Old Trafford»ga aynan o‘sha unutilmas yevrokubok oqshomlarini qaytarishni istayman.

Biz yangi bosqichga chiqishga va muxlislarga hamma «Manchester Yunayted»ni yaxshi ko‘radigan lahzalardan yanada ko‘prog‘ini taqdim etishga tayyormiz».

O'ng ustun yangiliklari

Patris Evra: «Manchester Yunayted» top-klublarga xos ish tutmayapti»

Patris Evra: «Manchester Yunayted» top-klublarga xos ish tutmayapti»

Patris Evra «Manchester Yunayted»ning transfer siyosatini tanqid qildi va klubni top-o'yinchilarni xarid qilmayotganlikda aybladi.

🗣️ Patris Evra «Manchester Yunayted»ning yozgi transfer siyosati haqida fikr bildirdi:

Nega Kerrik ten Xag va Amorimga berilgan moliyaviy yordamni olmadi?

«Yunayted» raqobatlashayotgan klublar tajribali va shakllangan futbolchilarni sotib olmoqda. «Yunayted» esa, ochig'ini aytganda, so'nggi yillarda yosh iqtidorlarni tarbiyalash bilan maqtana olmasa-da, baribir istiqbolli o'yinchilarga tayanmoqda.

Top-klublar top-o'yinchilarni xarid qiladi. «Yunayted» esa yo'q.
Maykl Kerrik Markus Reshfordga imkoniyat bermoqchi

Maykl Kerrik Markus Reshfordga imkoniyat bermoqchi

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Maykl Kerrik Markus Reshfordga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bermoqchi.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra:

Maykl Kerrik Markus Reshfordga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bermoqchi.

Murabbiy futbolchining holatini, ishga bo'lgan munosabatini va motivatsiyasini shaxsan baholamoqchi. Shundan so'nggina Reshfordning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.