Manchester United yosh futbolchilari bo'yicha rejalar ma'lum bo'ldi
AcademyScoop manbasiga ko'ra, Manchester United yosh futbolchilari Shi Leysi, Jeydan Kamason va boshqalarning kelajagi bo'yicha rejalar ma'lum bo'ldi.
AcademyScoop xabariga ko'ra:
Maykl Kerrik Shi Leysini asosiy tarkibda ko'rmoqda. Futbolchining ijaraga ketishi dargumon.
Jeydan Kamason Dalot va Mazraui bilan raqobat tufayli ijaraga ketishi mumkin. Biroq, Chempionlar ligasidagi o'yinlar sababli uni tarkibda olib qolishlari ehtimoli bor.
Jeykob Diveynining kelajagi hozircha hal qilinmagan. Shotlandiyadagi ijaradan so'ng yarim himoyachiga boshqa klublar tomonidan jiddiy qiziqish mavjud.
Garri Amassning o'sishi «Yunayted»ni Lyuis Xollni sotib olish fikridan qaytarishi mumkin. Shu bilan birga, Amassga Chempionshipda, jumladan «Reksem»da katta talab bor.
«MYu» Den Armerni ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Klub himoyachini Birinchi liga yoki Chempionshipga yuborishni ko'zlamoqda.