#Aleks Fergyuson — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Rayan Giggz: «Fergyuson tufayli ilk Ferrari'mni yashirib yurardim»

Rayan Giggz: «Fergyuson tufayli ilk Ferrari'mni yashirib yurardim»

Rayan Giggz «Manchester Yunayted»dagi faoliyati va Aleks Fergyusonning tarbiya uslublari haqida gapirib berdi.

🗣️ Rayan Giggz:

«21 yoshimda ilk Ferrari 550 Maranello mashinamni sotib olgandim. Ammo undan zavqlanish o'rniga, uni yashirib yurardim — mashinani bazadan ikki kvartal narida qoldirib, faqat tunda haydardim. Bularning hammasi Fergyusondan qo'rqqanim uchun edi.
Uning gaplarini eshitish shart emasdi — kabinet oynasidan bir marta qarashi hamma narsani tushunish uchun yetarli bo'lardi.
«Yunayted»da yosh yulduzmi yoki faxriymi, buning farqi yo'q edi. Har kimdan kamtarlik va hurmat talab qilinardi.
Men aynan shu narsani o'rgandim. Shu bois ham deyarli 40 yoshgacha yuqori saviyada o'ynay oldim — intizom, hurmat va ortiqcha gaplarsiz menga hamma narsani o'rgatgan murabbiy tufayli».
Men 1400 dan ortiq o'yinga tayyorgarlik ko'rganman

Men 1400 dan ortiq o'yinga tayyorgarlik ko'rganman

Men 1400 dan ortiq o'yinga tayyorgarlik ko'rganman. Balki, bu futbolni to'liq tushunish uchun yetarli emasdir, lekin bu shubhasiz katta tajriba

👏🗣️ Karlo Anchelotti:

💪 «Men 1400 dan ortiq o'yinga tayyorgarlik ko'rganman. Balki, bu futbolni to'liq tushunish uchun yetarli emasdir, lekin bu shubhasiz katta tajriba.

Faqat bir kishi mendan ko'proq o'yinga tayyorgarlik ko'rgan, u ham bo'lsa ser Aleks Fergyuson. Uning hisobida 2000 dan ortiq o'yin bor.

U menga maslahat bera oladigan yagona inson. Men aynan unga murojaat qilaman, chunki uni juda hurmat qilaman».

O'ng ustun yangiliklari