Jeyson Uilkoks "Manchester Yunayted"ning kelasi mavsumga tayyorgarligi va jamoada shakllanayotgan g'oliblik mentaliteti haqida gapirdi.
Jeyson Uilkoks:
Parda ortidagi ishlar bir daqiqa ham to'xtamayapti – biz kelasi mavsum uchun tarkibni maksimal darajada tayyorlash ustida mehnat qilishda davom etmoqdamiz.
Biz hammamiz Karringtonda shakllanayotgan g'oliblik mentalitetidan faxrlanishga haqqimiz bor. Biz kelasi mavsum to'rtta turnirda ham kurashishga tayyor, chinakamiga iqtidorli va shijoatli jamoani yig'ishda davom etyapmiz.
Jeyson Uilkoks Maykl Kerrikning bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini yuqori baholadi va jamoa kelajagi haqida fikr bildirdi.
🗣️ Jeyson Uilkoks:
O'tgan yili men ushbu buyuk klubni cho'qqiga qaytarishda yordam berish mas'uliyati haqida gapirgan edim.
Bir yil o'tib, biz asosiy maqsadlarimiz sari erishgan yutuqlarimizdan faxrlanishimiz mumkin. Biz katta qadam tashladik va klubga uzoq muddatli istiqbolda muntazam muvaffaqiyat qozonish imkonini beradigan to'g'ri tizim va jarayonlarni yaratganimizga ishonchimiz komil.
Maykl ajoyib ish qildi va birinchi jamoamiz bosh murabbiyi sifatida ishlashni davom ettirish imkoniyatiga to'liq loyiq. Natijalar o'z so'zini aytib turibdi — u qaytganidan beri «Manchester Yunayted» Premer-ligada so'nggi yillardagi har qanday mavsumga qaraganda ko'proq ochko jamg'ardi. Klubdagi barcha Mayklning yetakchilik qobiliyatidan va uning yondashuvi klubimiz qadriyatlariga mos kelishidan mamnun.
Parda ortida keyingi mavsumga tarkibni tayyorlash bo'yicha katta ishlar davom etmoqda. Biz Karringtonda shakllanayotgan g'oliblik madaniyatidan faxrlanishimiz mumkin, shuningdek, barcha to'rtta turnirda sovrinlar uchun kurashishga tayyor bo'lgan iqtidorli va maqsadli jamoani qurishda davom etamiz.