Patris Evra: «Manchester Yunayted» top-klublarga xos ish tutmayapti»
Patris Evra «Manchester Yunayted»ning transfer siyosatini tanqid qildi va klubni top-o'yinchilarni xarid qilmayotganlikda aybladi.
🗣️ Patris Evra «Manchester Yunayted»ning yozgi transfer siyosati haqida fikr bildirdi:
Nega Kerrik ten Xag va Amorimga berilgan moliyaviy yordamni olmadi?
«Yunayted» raqobatlashayotgan klublar tajribali va shakllangan futbolchilarni sotib olmoqda. «Yunayted» esa, ochig'ini aytganda, so'nggi yillarda yosh iqtidorlarni tarbiyalash bilan maqtana olmasa-da, baribir istiqbolli o'yinchilarga tayanmoqda.
Top-klublar top-o'yinchilarni xarid qiladi. «Yunayted» esa yo'q.