«Napoli» Esekiel Sebalos bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Forza Napoli ↗ ●●●○○ Transfer 👁 26

«Napoli» Esekiel Sebalos bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

🔥«Napoli» Esekiel Sebalos bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

✒️Jurnalist Janluka Di Marsio ta’kidlashicha, argentinalik futbolchi ketayotgan o‘yinchilarni kutib o‘tirmasdan «azzurri» safiga o‘tishi mumkin.

🇦🇷Shartnomasi 31-dekabrda yakuniga yetadigan Sebalos «Boka Xuniors» bilan hamkorlikni uzaytirishdan bosh tortdi va Yevropaga ko‘chib o‘tishni istamoqda.

🫱 Qishda «Napoli» uni tekinga qo‘lga kiritishi mumkin, ammo Di Marsioning yozishicha, klub transfer shu oynada amalga oshishi uchun «Boka»ga kichik kompensatsiya to‘lashga tayyor.

🔜 Voqealar rivojini kuzatamiz...

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!