Andrey Santos – «MYU»da - Pullarni hisoblaymiz
Good Sport ↗ ●●●●○ Transfer 👁 26

Andrey Santos – «MYU»da - Pullarni hisoblaymiz

🗣 Fabritsio Romano yozishicha, «MYU» 22 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Andrey Santosning transferi bo‘yicha «Chelsi» bilan kelishuvga erishgan. Bitim €56.3 mln (£48 mln) hamda €2.4 mln (£2 mln) bonuslar ko‘rinishida baholanmoqda. 2031-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma ertaga imzolanadi.

💸 Pullarni hisoblaymiz

● «Chelsi» Santosni 2023-yil qishida «Vasko da Gama»dan €12.5 mln evaziga sotib olgandi – yetti yarim yillik shartnoma. Hozirda futbolchining qoldiq amortizatsiyasi €6.7 mlnni tashkil etadi (shartnomaning qolgan to‘rt yili uchun).

● «Chelsi» darhol €49.6 mlnni sof buxgalteriya foydasi sifatida qayd etadi, bonuslar esa ular faollashganda qo‘shiladi.

● Maosh (€2.63 mln) va amortizatsiya (€1.67 mln) xarajatlaridagi tejamkorlik – yiliga €4.3 mln.

● «Manchester Yunayted» uchun transfer amortizatsiya va futbolchining maoshi (hali oshkor etilmagan) hisobga olinganda yiliga taxminan €11.3 mlnga tushadi.

👍 «Chelsi» uchun bu – ayni damda eng muhimi bo‘lgan o‘ta foydali bitim. «Strasbur» va «Nottingem Forest»dagi ijaralardan so‘ng, braziliyalik futbolchi asosiy jamoada bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazdi. Shu bilan birga, kelishuvga sell-on clause ham kiritilgan – keyingi sotuv summasining 10 foizi «Chelsi» foydasiga o‘tadi. Juda zo‘r.

🤔 «MYU» xuddi hozirning o‘zida ortiqcha to‘lagandek (TM bahosi €40 mln). Ammo Britaniya transfer bozorining aqldan ozgan sharoitida futbolchining yoshi va pozitsiyasi Braziliyaning eng istiqbolli markaziy yarim himoyachilaridan biriga qilingan nisbatan arzon investitsiyadan darak beradi. Agar Santos asosiy tarkibda o‘rnashib olsa, €56.3 mln juda foydali narx bo‘lib chiqishi mumkin (ayniqsa, besh yillik amortizatsiyani hisobga olganda).

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!