Harri Maguayr mavsumoldi o'yinlarida "Manchester Yunayted" sardori bo'lishi mumkin
BBC jurnalisti Saymon Stounning xabariga ko'ra, Harri Maguayr "Manchester Yunayted"ning mavsumoldi o'yinlarida jamoa sardori vazifasini bajarishi mumkin.
🗣️ Saymon Stoun, BBC:
Harri Maguayr mavsumoldi dastlabki o'yinlarda "Manchester Yunayted"ni sardorlik bog'ichi bilan maydonga boshlab tushishi mumkin.
Kerrik hozircha jamoaning vitse-sardorini e'lon qilmadi, biroq Brunu, Dalot, Lisandro va De Ligtning yo'qligi fonida aynan Maguayr bu rol uchun asosiy nomzod hisoblanadi.