Jo Koul Andrey Santos haqida fikr bildirdi
Jo Koul Andrey Santosning salohiyati va uning «Manchester Yunayted»ga o'tishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Jo Koul Andrey Santos haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Uning ortidan bir nechta klublar ov qilganiga umuman ajablanmadim. U ulkan salohiyatga ega ajoyib futbolchi. Hozircha u hali Tonali darajasida emasligi tushunarli, ammo u bu darajaga yetib borishga qodir. «Yunayted»da u ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lishi aniq, ayniqsa Kazemiro safdan chiqqanini hisobga olsak. Men yigit «Chelsi»da qolishiga juda umid qilgandim, ammo mankunianliklar uchun bu shunchaki ajoyib transfer bo'ldi».