Andrey Santos: «Manchester United» – dunyodagi eng buyuk klub»
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●● Matbuot 👁 20

Andrey Santos: «Manchester United» – dunyodagi eng buyuk klub»

Andrey Santosning «Manchester United» futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi:

«Men bu yerda ekanligimdan juda xursandman. «Manchester United» – dunyodagi eng buyuk klub. Hammasini rafiqamga aytganimda, u darhol: «Voy, biz albatta u yerga borishimiz kerak», dedi.
«United»ning ko'plab o'yinlarini tomosha qilganman. Biz to'p bilan muomalada bo'lishni, g'alaba qozonishni va sovrinlar yutishni istaymiz. Bu men uchun ideal klub.
Chempionlar ligasi – bu orzu. Bolaligimdan uni kuzatib kelaman, endi esa unda klub sharafini himoya qilaman. Men shunchaki baxtliman.
«Old Trafford»? Intizorlik bilan kutyapman. Men bu yerda mehmon sifatida o'ynaganman va bu qanchalik qiyinligini bilaman. Endi esa jamoa bilan birgaman, muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ishonchimiz uchun juda muhim.
Ueyn Runi, Krishtianu Ronaldu va boshqa buyuk futbolchilarni juda yaxshi eslayman. Endi esa shu klubda o'ynash imkoniyatiga egaman – bu men, oilam va butun faoliyatim uchun o'zgacha lahza.
Mateus Kunyani terma jamoadan juda yaxshi bilaman. Meyson Mauntni ham eslayman – o'tgan o'yinda gaplashganmiz. Brunu Fernandesh bilan esa hatto futbolka almashganmiz.
Men to'pni nazorat qilishni, chiziqlarni yorib o'tishni va jamoaga yordam berishni yaxshi ko'raman. Brunu va boshqa yigitlardan o'rganadigan narsalarim ko'p. Brunu, Mateus, Kobbi, Amad, Diogu, Harri – umuman, barchasi bilan birga o'ynashni intiqlik bilan kutyapman.
Bu ulkan orzu. Aytganimdek, men «MYu» o'yinlarida ulg'ayganman, endi esa o'zim bu buyuk klubni top-o'yinchilar bilan birga himoya qilaman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!