Rio Ferdinand Denni Uelbekni "Manchester Yunayted"ga qaytishga chaqirdi
Rio Ferdinand "Chelsi"ga o'tishi mumkin bo'lgan Denni Uelbekni "Manchester Yunayted"ga qaytishga undadi. David Ornstein esa transfer tafsilotlarini ma'lum qildi.
Rio Ferdinand o'zining X sahifasida Denni Uelbekning transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
"Uelbs... buni unut va uyga qayt! Kelasi mavsumda Manchesterda Chempionlar ligasi bo'ladi".
🚨 David Ornstein xabariga ko'ra, "Chelsi" Denni Uelbekni "Brayton"dan transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Futbolchining shartnomasi 2027-yilga qadar mo'ljallangan va "Brayton" bu qiziqishdan xabardor. Muzokaralar dastlabki bosqichda, ammo barcha tomonlar kelishuvdan umidvor.