#Kertis Jons — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Inter Kertis Jonsni nishonga oldi

Inter Kertis Jonsni nishonga oldi

Tuttosport xabariga ko'ra, «Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu «Liverpul» yarim himoyachisi Kertis Jonsni o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Pero Auzilio Kristian Kivu bilan kelishgan holda transfer rejalarini o'zgartirishga qaror qildi. Palestra uchun ajratilgan byudjet endilikda murabbiy ro'yxatidagi so'nggi futbolchi - Kertis Jonsni xarid qilishga yo'naltiriladi.

Kivu fikricha, yarim himoyadagi raqobatga qaramay, Jons o'zining dinamikligi, jismoniy kuchi va vertikal o'yin uslubi bilan jamoaga yetishmayotgan sifatlarni bera oladi. Oaktree rahbariyatidan esa muxlislarga ijobiy signal yuborish uchun sa'y-harakatlar talab etiladi, chunki hozircha jamoa faqat Akanji va Stankovichni sotib olib, Provedelni tarkibga qo'shib oldi.

Tuttosport xabariga ko'ra, «Liverpul» futbolchining shartnomasi bir yildan so'ng yakunlanishiga qaramay, uni 40 million yevroga baholamoqda.
Kivu Kertis Jonsni o'z jamoasida ko'rmoqchi

Kivu Kertis Jonsni o'z jamoasida ko'rmoqchi

Daniele Mari xabariga ko'ra, Kivu o'z jamoasida Kertis Jonsni ko'rishni istamoqda.

Barella, Suchich, Chalxano'g'li, Stankovich, Zelinski, Mxitaryan va Jons — bu Kivu o'z ixtiyorida bo'lishini istaydigan yetti kishilik yarim himoya.

U yetti nafar o'yinchidan iborat yarim himoyani shakllantirmoqchi va potensial transferlar nuqtai nazaridan, u eng ko'p xohlayotgan futbolchi — Kertis Jons. Garchi, yarim himoya chizig'i tarkibda kuchaytirishni eng ko'p talab qiladigan zona bo'lmasa ham.

Daniele Mari xabariga ko'ra.