Al-Hilol Joau Kanseluni mavsumoldi mashg'ulotlariga kelmagani uchun jarimaga tortishi mumkin. Futbolchi Barselona safiga qaytishni istamoqda.
🚨 "Al-Hilol" klubi Joau Kanseluni mavsumoldi tayyorgarlik mashg'ulotlariga kelmagani uchun jarimaga tortish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Himoyachi Portugaliyada qolmoqda, ayni vaqtda Jorje Mendesh uning "Barselona"ga qaytishi ustida ish olib bormoqda. "Barsa" esa bitimni 10 million yevrodan kamroq evaziga yakunlashga umid qilmoqda.
L’Équipe xabariga ko'ra, Al-Hilol Luis Diasni o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo Bavariya futbolchini sotishni istamayapti.
L’Équipe xabariga ko'ra:
Saudiya Arabistoni klubi Diasni o'zining asosiy transfer maqsadi deb belgiladi.
Futbolchining o'zi ham transferga qarshi emas. Al-Hilol ilk taklifni tayyorlamoqda — kamida 70 million yevro.
Biroq, Bavariya kolumbiyalik futbolchini ajoyib debyut mavsumidan so'ng sotish niyati yo'qligini ochiq ma'lum qildi. Uning shartnomasi yakunlanishiga hali uch yil bor.
Fabrizio Romano xabariga ko'ra, Al-Hilol Everton vingeri Iliman Ndiaye transferi ustida ish boshladi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar kelasi hafta bo'lib o'tadi.
Al-Hilol Everton vingeri Iliman Ndiaye transferi uchun harakatni boshladi. Ndiaye agentlari bilan muzokara o'tkazilgan. Endi barcha qaror Evertonda qolgan 👀
Clublar o'rtasidagi muzokaralar kelasi hafta bo‘lib o‘tadi ✅
Gabriel Martinelli «Arsenal»dan ketishi mumkin. Futbolchi bilan «Roma» va «Tottenxem» jiddiy qiziqmoqda.
Gabriel Martinelli nomi yana «Roma» transfer bozorida paydo bo'ldi.
Bu imkoniyat 10-iyul kuni, «jallorossi» Summervill bilan bog'liq bitimga to'liq e'tibor qaratgan vaqtda yuzaga kelgandi. O'sha vaqtda, Tele Radio Stereo xabariga ko'ra, bir nechta xalqaro vositachilar Martinellini «Roma»ga taklif qilishgan.
O'yinchining Italiya pasporti bor, «Arsenal» bilan shartnomasi yakuniga yetishiga bir yil qoldi va u ingliz klubi texnik loyihasida asosiy o'yinchi sifatida qaralmayapti. «Roma» Summervillga e'tibor qaratgan bo'lsa-da, bu variantni rad etmagandi. Endi vaziyat o'zgarishi mumkin. Braziliyalik futbolchi Premer-ligadagi yetti yillik faoliyatidan so'ng «Arsenal»ni tark etishi mumkin va uning ismi yana «Roma» nishonida. Biroq, xabarlarga ko'ra, «Tottenxem» ham o'yinchi bilan qiziqmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" Xulian Alvaresni qo'lga kirita olmasa, Darvin Nunes variantini ko'rib chiqadi.
⚽️ Mundo Deportivo xabariga ko'ra, agar "Barselona" Xulian Alvaresni qo'lga kirita olmasa, Darvin Nunes kataloniyaliklar uchun asosiy variantlardan biri hisoblanadi.
Urugvaylik hujumchi o'zining kataloniyaliklar safiga o'tishi qulay shartlar asosida amalga oshishi mumkin deb hisoblaydi. Futbolchining o'zi va uning atrofidagilar "Barselona"ning yangi hujumchi izlash jarayonini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Al-Hilol» himoyachisi Joau Kanselu «Barselona»ga o'tishga yaqin turibdi. Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida.
📰 Mundo Deportivo xabariga ko'ra:
🏆 «Al-Hilol» Joau Kanseluning ketishiga ruxsat berdi va ayni damda futbolchi «Barselona» bilan muzokaralar yakunlanishini kutmoqda.
Bugun tarqalgan xabarlarga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda va Kanselu transferni rasmiylashtirish uchun yakuniy kelishuvni kutmoqda.
Joau Kanselu «Barselona» bilan kelishib oldi, ammo «Barselona» va «Al-Hilol» o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
📰 Tutto Mercato:
Joau Kanselu va «Barselona» o'rtasida deyarli yakuniy kelishuvga erishilgan. Biroq, «Barselona» va «Al-Hilol» o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Tomonlar kelishuvning yakuniy formulasini ishlab chiqish va transferni rasmiylashtirish ustida ishlamoqda.
«Al-Hilol» «Everton» futbolchisi Iliman Ndiaye bilan shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi. Transfer summasi 75 million yevroni tashkil qiladi.
«Al-Hilol» «Everton» futbolchisi Iliman Ndiaye bilan shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi.
26 yoshli o'yinchi 75 million yevro evaziga «Al-Hilol» safiga o'tadi.
Hozirgi vaqtda 4 yillik shartnoma bo'yicha so'nggi detallar kelishib olinmoqda.
Florian Plettenberg xabariga ko'ra, Luis Dias "Al-Hilol" qiziqishiga qaramay, "Bavariya"da qolishga qaror qildi.
Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Al-Hilol" tomonidan qiziqish bildirilganiga qaramay, Luis Dias "Bavariya"da qolishni istamoqda va bu boradagi qarorini klubga aniq bildirgan.
Hozirgi bosqichda kolumbiyalik futbolchi transfer variantini ko'rib chiqmayapti.
"Bavariya" ham Diasni qadrlaydi va uni saqlab qolish niyatida. Klub futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib borish niyatida emas.
Sam Dean va Teamnewsandtix ma'lumotlariga ko'ra, "Arsenal" yozda Gabriel Martinelli va yana bir qator futbolchilarni sotuvga qo'yishi mumkin.
Sam Dean / The Telegraph xabariga ko'ra, "Arsenal" yozgi transfer oynasida quyidagi futbolchilarni sotuvga qo'yishi mumkin:
• Gabriel Martinelli (uning agenti Vinisius Junior bilan ham ishlaydi) • Gabriel Jezus • Ben Uayt • Fabio Vieyra • Ris Nelson • Itan Nvaneri
Teamnewsandtix qo'shimcha qiladi:
"Arsenal" Gabriel Martinellini sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Hammasi kelib tushadigan takliflarga bog'liq bo'ladi. Mening shaxsiy fikrimcha, "Roma"ga e'tibor qaratish kerak. Saudiya Arabistoni klublari ham yana qiziqish bildirishi mumkin. Ular ikki yil avval ham qiziqishgandi, ammo o'shanda futbolchining o'zi ko'chib o'tishni istamagan. Hozir uning pozitsiyasi o'zgarganmi yoki yo'q, bilmayman".
"Bavariya" Luis Diasni sotish masalasini ko'rib chiqmoqda. Hozircha muzokaralar davom etishi mumkin, biroq futbolchini transferga ko'ndirish asosiy muammo bo'lib turibdi.
"Bavariya" Luis Diasni sotish bo'yicha hali yakuniy qarorga kelgani yo'q va rad javobini ham bermadi.
Ayni damda muzokaralar olib borilishi mumkin, ammo asosiy masala futbolchini ko'ndirish bo'lib qolmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Beshiktosh" Darvin Nunes bilan muzokara olib bormayapti. Klubning asosiy maqsadi Muhammad Saloh transferi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, ayni damda "Beshiktosh" va Darvin Nunes o'rtasida kelishuvga yaqin vaziyat mavjud emas. "Beshiktosh"ning asosiy maqsadi Muhammad Saloh transferini amalga oshirish hisoblanadi.
Darvin Nunes "Al-Hilol"dan ketishga tayyor, biroq qaror qabul qilishdan avval o'ziga kelib tushgan barcha takliflarni ko'rib chiqmoqda.
Sacha Tavolieri ma'lumotiga ko'ra, "Al-Hilol" Luis Dias transferi uchun 120 million dollar ajratishga tayyor.
Sacha Tavolieri xabariga ko'ra:
Shahzoda Al-Valid Bin Talal al Saud "Al-Hilol"ning yozgi transfer byudjeti uchun 350 million dollar ajratdi. Shundan qariyb 120 million dollari Luis Diasni sotib olish uchun mo'ljallangan.
Real Madrid Diomande va Rodri transferlari bo'yicha harakatlarni boshladi. "Qirollik klubi" vinger uchun kurashda PSJga asosiy raqib bo'lib turibdi.
📻 RMC Sport xabariga ko'ra, Leyptsig klubi Diomande uchun 130 million yevro talab qilmoqda.
📻 Cope ma'lumotiga ko'ra, Real Madrid Diomande transferi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda. PSJ futbolchi uchun kurashda yetakchi bo'lib turgandi, ammo endi madridliklar uni qo'lga kiritishiga to'liq ishonch bildirmoqda. Bundan tashqari, Madrid klubi yozda nafaqat Diomande, balki Rodrini ham sotib olishni istaydi.
📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Arsenal va Manchester Siti Diomande transferi bo'yicha vaziyatni o'rganib ko'rishdi, ammo vinger bu jamoalarda o'ynash niyatida emas. PSJ bilan raqobatlashayotgan yagona klub bu - Real Madrid. Madridliklar Leyptsigga ivuarlik futbolchi uchun yangi taklif bilan chiqishlarini ma'lum qilishdi. Mourinyu jamoa hujumiga tezlik qo'shmoqchi, shu bois Diomande transferi Madrid uchun ustuvor vazifa hisoblanadi".
🖥 The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Madrid murabbiylar shtabi Diomandening JChdagi o'yinidan qoyil qolgan.