Sam Dean / The Telegraph xabariga ko'ra, "Arsenal" yozgi transfer oynasida quyidagi futbolchilarni sotuvga qo'yishi mumkin:
• Gabriel Martinelli (uning agenti Vinisius Junior bilan ham ishlaydi)
• Gabriel Jezus
• Ben Uayt
• Fabio Vieyra
• Ris Nelson
• Itan Nvaneri
Teamnewsandtix qo'shimcha qiladi:
"Arsenal" Gabriel Martinellini sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Hammasi kelib tushadigan takliflarga bog'liq bo'ladi. Mening shaxsiy fikrimcha, "Roma"ga e'tibor qaratish kerak. Saudiya Arabistoni klublari ham yana qiziqish bildirishi mumkin. Ular ikki yil avval ham qiziqishgandi, ammo o'shanda futbolchining o'zi ko'chib o'tishni istamagan. Hozir uning pozitsiyasi o'zgarganmi yoki yo'q, bilmayman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!