#Gabriel Jezus — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Gabriel Jesusning tizzasidagi muammolar Arsenalni xavotirga solmoqda

Gabriel Jesusning tizzasidagi muammolar Arsenalni xavotirga solmoqda

Arsenal klubi Gabriel Jesusning tizzasidagi holatdan xavotirda. O'yinchi Jahon chempionatidan so'ng dam olishga muvaffaq bo'ldi.

Sam Wallace xabariga ko'ra, Arsenal klubi Gabriel Jesusning tizzasidagi holatdan xavotirda. Shunga qaramay, Jahon chempionatidan erta chiqib ketish unga va Martinelliga qo'shimcha dam olish imkonini berdi.

Eslatib o'tamiz, kecha u o'z yurtida o'tkazilgan ko'rgazmali o'yinda ishtirok etdi. Mana o'sha o'yinda urgan goli.

Fenerbaxche Gabriel Jezusni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Fenerbaxche Gabriel Jezusni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Turkish_Futbol1 xabariga ko'ra, Fenerbaxche Arsenal hujumchisi Gabriel Jezusni ijaraga olmoqchi.

Turkish_Futbol1 xabariga ko'ra, Fenerbaxche Gabriel Jezusni yozgi transfer oynasidagi asosiy nishonlaridan biri etib belgiladi.

Turkiya klubi Arsenalga o'yinchi bilan bir mavsumga mo'ljallangan ijara shartnomasi bo'yicha ilk taklifni yuborishga tayyorlanmoqda.

Kelishuv amalga oshishi uchun Fenerbaxche Jezusning Arsenalda olayotgan maoshining katta qismini o'z zimmasiga olishga tayyor.

O'ng ustun yangiliklari

Gabriel Jesus «Milan»ga o'tishi mumkin

Gabriel Jesus «Milan»ga o'tishi mumkin

Jorgenicola ma'lumotiga ko'ra, «Milan» Gabriel Jesusni transfer qilish uchun asosiy da'vogarga aylandi. «Arsenal» futbolchi uchun 20 million funt so'ramoqda.

Jorgenicola xabariga ko'ra, ayni damda «Milan» Gabriel Jesusni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

«Arsenal» futbolchining transferi uchun 20 million funt sterling talab qilmoqda.

Biroq, «Milan» «Arsenal» bilan kelishgan holda bu summani kamaytirishga urinib ko'rmoqchi.