Enso Mareskaning «Inter»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumani:
Rodri kelajagi va «Madrid» qiziqishi haqida:
Hozircha bularning barchasi shunchaki mish-mishlar. Rodri o'tgan dushanba kuni operatsiya qilindi; hammasi yaxshi o'tdi. Endi u bir necha kun dam oladi va ta'tilini tugatgach, safimizga qaytadi.
Mareska Rodri bilan yangi shartnoma imzolash borasida gaplashganmi:
Aytganimdek, mavsum yakunlangach, u uchun asosiy ustuvor vazifa JCH edi. Hozir u dam olmoqda va bizda faqat Rodri masalasiga qaratilgan alohida suhbatlar bo'lmadi...
Rodrining ahamiyati haqida:
Bu juda muhim. Birinchi matbuot anjumanida aytganimdek, dunyodagi har bir murabbiy Rodrini o'z safida ko'rishni istaydi, chunki u top-o'yinchi; shuning uchun bu men uchun, klub uchun va barchamiz uchun muhim. Ammo hozir unga ta'til kerak — har uch kunda o'yinlar boshlanganda bu juda muhim bo'ladi...
Transferlar haqida:
Biz Ugo va klub bilan ba'zi o'yinchilar haqida gaplashyapmiz, albatta, biror ish qilamiz, turli pozitsiyalarni ko'rib chiqyapmiz. Qancha o'yinchi? Hozircha bizda bu yerda ko'plab yosh o'yinchilar bor, ertaga uch nafar tajribali o'yinchi (Nunes, Diash, Marmush) yetib keladi, qolganlari esa asta-sekin kelishadi. Men shu yerda bo'lganlar bilan ishlashdan xursandman.
FIFA o'z musobaqalaridagi ulushini sotishi haqida:
To'g'risini aytsam, bu haqda ko'p narsa deya olmayman, chunki tafsilotlarni aniq bilmayman. «Siti»ga kelganimdan beri e'tiborim mashg'ulotlarni tayyorlashga, ertangi o'yinga va keyingi bahslarga qaratilgan. Shuning uchun sizga to'g'ri javob beradigan darajada ko'p ma'lumotga ega emasman...
Futbolning o'ziga xosligini yo'qotishi mumkinligi haqida:
Bunga ishonchim komil emas. Futbol go'zal, chunki biz o'yinni yaxshi ko'ramiz; men avval o'yinchi sifatida, endi esa murabbiy sifatida shunday deb o'ylayman. Va menimcha, hamma uchun bu bir xil...
Ertangi o'yin haqida:
Ertaga birinchi o'yin, biz uchun bu har doim yaxshilanish va o'sish uchun imkoniyat. O'ylaymanki, hozir biz shunday jarayondamizki, jismoniy holat uchun bunday o'yinni o'tkazish muhim. Bu yerda bo'lishdan, mashg'ulot o'tkazishdan va ertaga maydonga tushishdan xursandmiz...
Bosh murabbiy sifatidagi ilk o'yinda muvaffaqiyatli boshlash qanchalik muhimligi haqida:
Men har bir kunimdan zavqlanishni yaxshi ko'raman. Bizni har doim baholashadi, nafaqat ertaga. Hozir eng muhimi, biz 10 kun oldin barchamiz birga ish boshladik, yangi konsepsiyalarni kirityapmiz. Asosiy e'tiborimiz shunda...
Fodenning ahamiyati haqida:
U ham boshqalar kabi juda muhim. Filni o'sha yillardan beri bilganim uchun, uning qanchalik kuchli ekanligini bilaman, shuning uchun mening vazifam unga barchamiz ko'rishni istagan Fil bo'lishiga yordam berishdir. Eng avvalo, baxtli bo'lishi, futbol o'ynashi — u uchun eng muhimi shu. Aytganimdek, Fil yaxshi formada va kayfiyatda bo'lsa, bizga g'alabalar va sovrinlar keltira oladi — biz aynan shuni istaymiz...
Jamoaning hozirgi tarkibi haqida:
Hozircha shu yerdagi o'yinchilardan juda mamnunman. Ko'plab yosh, yaxshi, energiya bilan to'la o'yinchilar bor. Mavsum boshlanganda esa barcha tajribali o'yinchilarimiz yetib keladi va ular ham muhim. Oldindagi mavsumni intizorlik bilan kutyapman, shubhasiz...
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!