📻 Cope xabariga ko'ra, Joze Mourinyu «Real Madrid» rahbariyatiga 194 santimetr bo'yli hujumchi Espi transferini shaxsan taklif qilgan. Aynan murabbiyning tavsiyasidan so'ng «qaymoqranglilar» 21 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha ish boshlashgan. Qiziqarlisi, Espi bugun «Madrid» bilan mashg'ulotlarga kirishadi.
📝 Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra: «Real Madrid» Espi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini 5 daqiqa ichida kelishib oldi.
📺 Marsiel (DAZN sharhlovchisi): «Espi menga «Madrid» uchun Gonsalodan ko'ra qiziqarliroq hujumchi bo'lib tuyulmoqda. U ham jismoniy holati, ham o'yin uslubi bo'yicha jamoaga mos keladi. «Qaymoqranglilar»ga aynan shunday profildagi hujumchi yetishmayotgan edi».
📰 R. Martin (AS jurnalisti) yozishicha: «Espi payshanba kuni ertalab «Xall Siti»ga o'tish uchun chamadonlarini yig'ayotgan edi, kun yakunida esa «Bernabeu»dagi ilk goli haqida orzu qila boshladi. Hayot ba'zan shunday kutilmagan burilishlar qiladi...»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!