Roma Endrikni o'z safiga qo'shib olmoqchi
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 6

Roma Endrikni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Il Messaggero, La Gazzetta dello Sport, Corriere della Sera va La Repubblica xabariga ko'ra, so'nggi haftalarda Endrik va Franko Mastantuono nomlari muhokama qilinmoqda. Biroq bugungi kunda braziliyalik futbolchi Roma rahbariyati uchun ustuvor variantga aylangan. Rimliklar uni Jan Pero Gasperini hujum chizig'i uchun ideal nomzod deb hisoblashmoqda.

Toni D'Amiko Madridga har ikki iqtidorli futbolchi haqida ma'lumot to'plash uchun borgan edi, ammo yetakchi nashrlar Roma Endrik bo'yicha taklif bilan chiqishga tayyorligini ta'kidlashmoqda. Biroq muzokaralar avgust oyining ikkinchi yarmiga qadar kechiktirilgan, chunki Real Madrid futbolchini o'zida olib qolish yoki boshqa jamoaga ijaraga berish masalasini hal qilishi kerak.

Roma quruq ijaraga rozi emas. Klub futbolchi kelajagini nazorat qilish imkonini beradigan, ya'ni sotib olish va qayta sotib olish huquqini o'z ichiga olgan bitim tuzishni maqsad qilgan. Bu xuddi Niko Pas bilan amalga oshirilgan kelishuvga o'xshash. Faqat shu shartlar asosidagina D'Amiko muzokaralarni davom ettirishga tayyor.

Roma strategiyasiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan yana bir omil – Matias Sule. Argentinalik futbolchi hali ham transfer bozorida. Milan unga jiddiy qiziqish bildirmoqda va Rafael Leao sotilishini kutmoqda. Agar Sule avgust oyining so'nggi haftalarida Trigoniya bazasini tark etsa, Roma Endrikni transfer qilish uchun zarur texnik va moliyaviy imkoniyatga ega bo'ladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!