Real Madrid hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 11

Real Madrid hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda

📰 AS xabariga ko'ra, "Real Madrid" Joze Mourinyuning shaxsiy iltimosiga binoan sof "to'qqiz raqam" pozitsiyasida o'ynaydigan hujumchini sotib olishga qaror qildi. Klub yulduz futbolchi emas, balki gol urish qobiliyatiga ega va raqib jarima maydonchasida yaxshi harakatlana oladigan ishonchli zaxira hujumchisini qidirmoqda.

Shu sababli, "Real Madrid" "Levante" hujumchisi Karlos Espini tarkibga qo'shib olish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. 21 yoshli futbolchi "Xall Siti"ga o'tish arafasida edi, ammo "qaymoqranglilar"ning qiziqishi haqida bilganidan so'ng muzokaralarni to'xtatdi. "Real Madrid" allaqachon Espi va valensiyaliklar klubi vakillari bilan bog'langan. 194 santimetr bo'yli ispaniyalik futbolchining shartnomasida 25 million yevro miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan.

📰 Rubiano: "Gonsaloni 40 millionga sotib, keyin Espini 25 millionga sotib olish ahmoqlik".

📰 Superdeporte ma'lumotiga ko'ra, hozirda erkin agent maqomida bo'lgan Xoselu La Ligadan o'ziga yangi jamoa topmoqchi.

📰 B. Fernandes xabariga ko'ra, "Real Madrid" hujumchi sotib olishni ko'rib chiqayotgan bo'lsa-da, Mourinyu Endrikning o'yin darajasini kuzatmoqchi. 20 yoshli braziliyalik futbolchi murabbiyning ishonchini qozonish uchun ta'tilini 2 kunga qisqartirdi. U "Real Madrid"da qolishni istamoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!