Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Real Madrid» Rodrini tez fursatda o'z safiga qo'shib ola olmaydi. «Manchester Siti» rahbariyati ispaniyalik futbolchi uchun boshqa klublar ham kurashga qo'shilishi mumkin deb hisoblamoqda.
«Shaharliklar» tanaffus qilmoqchi va «Madrid»ning 50 million yevrolik taklifiga shoshilinch javob bermayapti. Ular 30 yoshli yarim himoyachi uchun boshqa da'vogarlar paydo bo'lishini kutishmoqda.
Shu bilan birga, Rodrining o'z xohishini ham unutmaslik kerak. Yakunda aynan u o'z kelajagini hal qiladi. Biz esa uning nima istayotganini hammamiz bilamiz [«Real Madrid»ga o'tishni]», — deydi jurnalist.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!