📰 AS (XFD) | "Madrid"da hech qachon Tchuameni'ni sotish bo'yicha gap-so'zlar bo'lmagan. Klub futbolchi bo'yicha birorta ham taklifni, shu jumladan "Manchester Yunayted"dan tushgan taklifni ham ko'rib chiqmagan. 26 yoshli fransiyalik futbolchining o'zi ham "qaymoqranglilar" bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligini aniq bildirib kelgan.
Shu bois, yakunda tomonlar 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi bitimni osonlikcha kelishib olishdi, unga ko'ra Tchuameni mavsumiga 9 mln yevro ishlab topadi.
Mourinyu Tchuameni'ning shartnomasi uzaytirilganidan mamnun bo'ldi. Murabbiy yarim himoyachiga to'liq ishonadi va uni jamoa yetakchilaridan biri deb biladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!