Joze Mourino «Real» tarkibini ko'rib chiqadi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 29

Joze Mourino «Real» tarkibini ko'rib chiqadi

AS jurnalisti R. Martinning xabar berishicha, 13-iyuldan boshlanadigan mavsumoldi tayyorgarlikning ilk haftasi «Real» futbolchilari uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda Joze Mourino jamoa tarkibini baholaydi.

Mourino «qaymoqranglilar»ning bir nechta futbolchisi bilan suhbat o'tkazib, ularning kelajagi borasidagi o'z qarashlarini ma'lum qiladi. Bu suhbatlar ba'zi o'yinchilarning jamoadan ketishiga olib kelishi mumkin.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!