Tibo Kurtua o'z jarohati va terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi:
Mening jarohatimmi? Son qismimda kuchli og'riq sezdim. Shunga qaramay, [Belgiya terma jamoasi ustozi] R. Garsiyaga maydonda yana 5-10 daqiqa qolishimni, o'yinni davom ettira olishimni tekshirib ko'rmoqchi ekanligimni aytdim. Biroq to'pga zarba bera olmadim va yakunda almashtirildim. Menda hech qanday muammo bo'lmadi, bu murabbiyning qarori. Jamoa har doim birinchi o'rinda turadi.
Shunga qaramay, xafa bo'ldim, chunki Ispaniyani to'xtata olaman deb o'ylagandim. Bundan tashqari, yarim finalda Kilian Mbappe bilan uchrashmasligimdan ham ko'nglim qoldi, chunki u menga bu bahsni kutayotganini aytgandi.
Terma jamoadagi kelajagim? Milliy jamoadagi chiqishlarimdan bir yillik tanaffus olib, keyinroq Yevro-2028 saralash bahslarida qatnashish va turnirning o'zida o'ynash uchun qaytmoqchiman. Ammo Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (RBFA) bunday shartlarga rozi bo'ladimi yoki yo'q, bilmayman.
Real Madrid? Klub yaxshi futbolchilar va top-murabbiyni qo'lga kiritdi. Endi biz o'zimizni ko'rsatishimiz kerak.
📻 Cope xabariga ko'ra, Ispaniyaga qarshi o'yin Kurtua uchun Belgiya terma jamoasi safidagi so'nggisi bo'lishi mumkin.
34 yoshli darvozabon RBFAga milliy jamoadagi faoliyatini 1 yilga to'xtatib turish iltimosi bilan murojaat qiladi. Agar Kurtua rad javobini olsa, u terma jamoadagi faoliyatini butunlay yakunlashi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!