Vinisius va «Real» o'rtasidagi muzokaralarda muammo yuzaga keldi
Vinisius va «Real» o'rtasidagi muzokaralarda shartnomani uzaytirish uchun talab qilinayotgan bonus asosiy to'siq bo'lib turibdi.
💰 Xorxe Pikon xabariga ko'ra, Vinisius va «Real» o'rtasidagi muzokaralarda asosiy to'siq shartnomani uzaytirish uchun talab qilinayotgan bonus bo'lib qolmoqda. Madrid klubi bungacha o'z futbolchilariga bunday turdagi bonuslarni to'lamagan.
«Real» rahbariyati bunday qadam xavfli pretsedent yaratishi va boshqa futbolchilarni ham muzokaralarda xuddi shunday strategiyadan foydalanishga undashi mumkin deb hisoblamoqda.