Mayk Pendersning salohiyati yuqori baholanmoqda
Belgiya terma jamoasi va mutaxassislar Mayk Pendersning salohiyatini yuqori baholamoqda. U «Chelsi»da Sanchesga raqobatchi bo'lishi kutilmoqda.
Belgiya terma jamoasi Mayk Pendersning o'yinidan qoyil qolgan. Mayk Tibo Kurtuani hayratda qoldirgan, murabbiylar shtabi esa Penders kelajakda Kurtua darajasiga chiqa olishiga ishonmoqda.
«Genk»ning sobiq darvozabonlar murabbiyi Gilbert Ruks ham shunday fikrda:
«13 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan davrda bunday tezkor o'sishni hech qachon ko'rmaganman. Maykning mentaliteti fantastik – u bosimni umuman his qilmaydi. Biz ko'plab ajoyib darvozabonlarni tarbiyalaganmiz, ammo aynan Pendersda Kurtua darajasiga yetish uchun barcha imkoniyatlar bor. Uning xotirjamligi – haqiqiy oltin, qolaversa, u o'yinni juda yaxshi o'qiydi. Unda ajoyib texnika va tez qaror qabul qilish qobiliyati rivojlangan, bu esa zamonaviy futbolda juda muhim»
BBC ma'lumotiga ko'ra, Kinsella «Chelsi»da hozircha asosiy darvozabon sifatida Sanchesga ishonch bildirilishini, Mayk esa unga jiddiy raqobatchi bo'lishini qo'shimcha qilgan.