«Roma» «Leyptsig» tomonidan 55-60 million yevroga baholanayotgan Nusa transferiga e'tibor qaratgan. Ushbu narx avvalroq «Roma»ni cho'chitgan edi, biroq klub norvegiyalik vingerga bo'lgan qiziqishni qayta tikladi.
Shu bilan birga, «Roma» Bundesligadagi muqobil variantlarni ham ko'rib chiqmoqda: «Shtutgart» futbolchisi Jeymi Leveling va «Ayntraxt Frankfurt» vakili Jan-Matteo Baoyya.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Nusadan tashqari, El Mala ham «A» rejasiga kiradi, «Kyoln» futbolchi uchun 50 million yevro so'ramoqda. Jan-Matteo Baoyya ro'yxatda ikkinchi, Jeymi Leveling esa uchinchi o'rinda turibdi. «Ayntraxt» vingeri 1646 daqiqa davomida to'rtta gol urib, to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Shtutgart»ga tegishli bo'lgan nemis vingeri barcha musobaqalarda yuqoriroq samaradorlik ko'rsatdi: 50 ta o'yinda 11 ta gol va 12 ta golli uzatma. Baoyyaning narxi 25-30 million yevroga baholanmoqda, o'ng qanotda harakat qiladigan, ammo chapda ham o'ynay oladigan Levelingning qiymati esa taxminan 40 million yevroni tashkil etadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!