Shtutgart Promis Devid uchun taklif bilan chiqdi
Shtutgart Belgiya klubi Union hujumchisi Promis Devidni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Tomonlar shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan.
Shtutgart Belgiya klubi Unionga hujumchi Promis Devid uchun 14 million yevro taklif qildi.
Shtutgart va Devid allaqachon maosh bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan – yiliga 3 million yevro.
Promis Peychinovichga muqobil variant sifatida ko'rilmoqda.
Andre Oshner ma'lumotiga ko'ra.