Milan futbolchilari Mario Gila, Kristian Pulishich va Santyago Ximenes jarohatlari sabab jamoa bilan birga Avstraliyaga yo'l olishmadi.
🚑 Milan lazareti hali ham to'lmoqda.
❌ Mario Gila yakka tartibda shug'ullanishda davom etmoqda va Avstraliyada Interga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. Klub tavakkal qilmaslikka va himoyachiga to'liq tiklanish uchun vaqt berishga qaror qildi.
🏥 Kristian Pulishich va Santyago Ximenes Milanelloda qolishdi:
Pulishich boldir suyagining stress sinishidan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.
⏳ Jamoa Avstraliyadan qaytgach, shifokorlar ularning holatini baholashadi. Asosiy maqsad — har ikkisini ham A Seriya startiga tayyorlash. Milan 23-avgust kuni chempionat doirasida Torino bilan bahs olib boradi.
🔴 O'yinchilarning salomatligi har qanday o'rtoqlik o'yinidan muhimroq. Asosiysi — mavsum boshiga yangi asoratlarsiz yetib kelish.
Udineze texnik direktori Janluka Nani Umar Solening tizzasida surunkali muammolar yo'qligini va Inter bilan muzokaralar moliyaviy sababga ko'ra to'xtaganini aytdi.
Bugun Unai Gomes, Georgiy Chakvetadze va Mergim Voyvodaning rasmiy taqdimoti chog'ida "Udineze" texnik direktori Janluka Nani Umar Sole atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritdi. Uning so'zlariga ko'ra, fransiyalik himoyachida tizza bilan bog'liq hech qanday surunkali muammolar yo'q, "Inter" bilan bo'lgan muzokaralar esa faqatgina moliyaviy sabablarga ko'ra to'xtatilgan.
Eslatib o'tamiz, yoz davomida Umar Sole "Inter"ga o'tishga juda yaqin turgandi. Biroq keyinroq "neradzurrilar" fransiyalik himoyachida 2020-yilda olgan oldingi xochsimon bog'lamlar uzilishi oqibatida yuzaga kelgan bo'g'im tog'ayidagi surunkali muammo borligi sababli kelishuvdan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Daily Mail jurnalisti Saymon Jons «Lids»ning transfer rejalari va Jeyms Traffordning «Manchester Siti»dan «Lids»ga o'tishi haqida xabar berdi.
Daily Mail jurnalisti Saymon Jons «Lids»ning transfer rejalari haqida ma'lumot berdi:
• «Lids» va «Manchester Siti» Jeyms Trafford transferi bo'yicha kelishuvni yakunlamoqda. Transfer summasi 40 million funtni tashkil etadi, shuningdek, yana 5 million funt bonuslar ko'rinishida to'lanadi. Bundan tashqari, «shaharliklar» futbolchining keyingi sotuvidan ham foiz oladi. 23 yoshli darvozabon «Elland Roud»da haftasiga 130 ming funt maosh oladi.
• Lukas Perri Traffordning transferi rasman e'lon qilingach, «Torino» safiga o'tadi. Braziliyalik darvozabon sotib olish huquqi bilan ijaraga beriladi.
• «Lids» ushbu transfer oynasida yana bir darvozabon, chap qanot himoyachisi, hujumkor yarim himoyachi va hujumchi xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Shveytsariyalik himoyachi Eray Jomert «Valensiya» bilan xayrlashdi. U klub va muxlislarga minnatdorchilik bildirib, ta'sirli murojaat qoldirdi.
Shveytsariyalik himoyachi Eray Jomert «Valensiya» bilan rasman xayrlashdi. U o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ta'sirli murojaat yo'lladi.
Futbolchi klub, shahar va muxlislarga birga o'tkazgan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildirib, «Valensiya» uning qalbida doimo alohida o'rin tutishini ta'kidladi.
«Bu klub, bu shahar va uning odamlari qalbimdan alohida joy oldi. Biz birgalikda yana ko'plab go'zal daqiqalarni boshdan kechirishimizga doimo kichik umid bor edi. Mening maqsadim har doim “Valensiya”ni o'zi munosib bo'lgan joyga — eng kuchlilar qatoriga qaytarish edi», — deb yozdi Jomert.
Shu tariqa, himoyachi Ispaniya klubidagi faoliyatini yakunladi va jamoa hamda muxlislar manziliga minnatdorchilik so'zlarini yo'lladi.
TuttoMercatoWeb xabariga ko'ra, "Lids" sog'ligidagi muammolar sabab Umar Sole transferidan voz kechdi. "Napoli" esa futbolchi bilan qiziqmoqda.
TuttoMercatoWeb xabariga ko'ra, "Lids" Umar Sole transferidan voz kechdi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, bunga fransiyalik markaziy himoyachining tizzasidagi muammolar sabab bo'lgan. Aynan shu sabab tufayli "Udineze", "Inter" va "Komo" klublari ham futbolchi uchun kurashdan chiqishgan.
Shu bilan birga, "Napoli" rahbariyati Sole bo'yicha so'rov yuborgan.
Italiyalik insayder Oratsio Akkomando Lukas Perri transferi bo'yicha yangi ma'lumotlarni ulashdi. Lids va Torino kelishuvga erishgan, ammo muammolar bor.
Italiyalik insayder Oratsio Akkomando (DAZN / Sportmediaset) Lukas Perri atrofidagi vaziyat bo'yicha yangi ma'lumotlarni taqdim etdi.
Lids va Torino braziliyalik darvozabon transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, u uchun tibbiy ko'rik ham rejalashtirilgan. Ammo futbolchi hali Italiyaga uchib ketish uchun ruxsat olgani yo'q, chunki agentlarga to'lanadigan komissiya bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
La Stampa xabariga ko'ra, Lukas Perri yana «Torino»ga o'tishga yaqinlashdi. «Lids» Jeyms Traffordni sotib olsa, Perri Italiyaga yo'l oladi.
La Stampa xabariga ko'ra, Lukas Perri yana «Torino»ga o'tishga yaqinlashdi.
Yaqinda «Lids» bilan braziliyalik darvozabon bo'yicha muzokaralar berk ko'chaga kirib qolgan edi. Biroq yaqin vaqt ichida «oqlar» «Man Siti»dan Jeyms Trafford transferini rasmiylashtirishi kerak.
Ushbu kelishuv Perrining Turin tomon yo'l olishiga imkon yaratadi, u yerda futbolchi o'tish bo'yicha barcha shartlarni kelishib olgan.
Matteo Darmian "Inter"dagi faoliyati, klubdan ketishi va kelajakdagi murabbiylik rejalari haqida gapirib berdi.
"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Inter"ning sobiq himoyachisi Matteo Darmian klubdagi faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida gapirib o'tdi.
- "Inter"dagi yillaringiz sizga nima berdi?
- Uchta skudetto, uchta Italiya kubogi, uchta Italiya superkubogi va ikkita Chempionlar ligasi finali. Istanbul va Myunxendagi mag'lubiyatlar eng katta armonim bo'lib qoldi. "Inter" meni ham futbolchi, ham inson sifatida butunlay o'zgartirdi. Appianodagi muhit menga o'z imkoniyatlarimni 100 foiz namoyish etish imkonini berdi. Tarixning bir bo'lagiga aylanganimdan xursandman. Bu yerdan ketish og'ir, lekin ko'nglim xotirjam, chunki bor kuchimni berdim.
- Shartnomangiz uzaytirilishini kutganmidingiz?
- Ochig'ini aytganda, jamoada yana bir yil qolishni istagan edim. Klub boshqacha qaror qabul qildi, men buni hurmat qilaman, lekin o'zimni hali A seriya darajasidagi futbolchi deb hisoblayman.
- "Milan" tarbiyalanuvchisi bo'la turib, "Inter"ga o'tish qanday kechdi?
- Bu faoliyatimning cho'qqisi edi. "Milan" yoshlar jamoasidan ko'p narsa o'rgandim, "Torino"da o'z qobiliyatimni kashf etdim, "Manchester Yunayted" esa meni yangi bosqichga olib chiqdi. Ammo bolaligimdan muxlislik qilgan jamoamda o'ynash – o'zgacha tuyg'u.
- "Inter"ga nima bera oldim deb o'ylaysiz?
- O'zimni berdim. Muxlislar meni oddiy yigit va mehnatkash futbolchi sifatida eslab qolishlarini istardim. O'yinim ko'zga tashlanmasligi mumkin, lekin har doim "askardek" sadoqat bilan vazifamni bajarganman.
- Kimlar bilan aloqani saqlab qolgansiz?
- Italiyalik futbolchilar bilan munosabatlarimiz maydondan tashqarida ham davom etadi. Markus Tyuramni alohida aytib o'tishim kerak: u fransuz bo'lsa-da, qalbida biroz italyan. U menga JCHda zaxirada qolgan paytlarida o'zini xuddi Darmian kabi his qilganini aytgandi.
- Faoliyatingizni yakunlagach, nima bilan shug'ullanasiz?
- "Inter" menga yoshlar jamoasida lavozim taklif qildi, bu men uchun katta sharaf, ammo hali vaqti kelmadi. Kelajakda murabbiy bo'lishni va bolalar jamoalaridan boshlashni istayman.
La Stampa xabariga ko'ra, Torino Lukas Perri transferi bo'yicha muzokaralarda muammoga duch keldi va Dominik Livakovich variantini ko'rib chiqmoqda.
La Stampa xabariga ko'ra, Torino va Lids o'rtasidagi Lukas Perri transferi bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
Nashr ma'lumotiga ko'ra, Lids klubi braziliyalik darvozabon uchun o'rinbosar topilmaguniga qadar uni sotishni istamayapti.
Shu sababli, Turin klubi vakillari yaqinda Dominik Livakovichning agenti bilan uchrashishdi. Torinoliklar xorvatiyalik posbonni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelishmoqda va endi Fenerbahche bilan uning transferi bo'yicha kelishib olishga urinib ko'rishmoqchi.
«Inter» klubining hakamlar tayinlanishiga taʼsir o'tkazishi bo'yicha ikki yillik tergov yakunlandi. Ayblovlar tasdiqlanmadi.
«Inter» klubining hakamlar tayinlanishiga taʼsir o'tkazishi mumkinligi bo'yicha ikki yillik tergov o'z yakuniga yetdi — ayblovlar tasdiqlanmadi 📋
📌 Tekshiruv ostida 4 ta o'yin bo'lgan, jumladan «Inter» — «Milan» (Italiya Kubogi), «Bolonya» — «Inter» (ikki marta) va «Torino» — «Inter» uchrashuvlari.
✅ Prokurorlarning xulosasiga ko'ra, hakamlar tayinlanishiga taʼsir o'tkazishning tashkiliy tizimi aniqlanmagan, kelishilgan o'yinlar yoki til biriktirish holatlari kuzatilmagan.
📤 Ish materiallari sport sudiga va CONI tashkilotiga intizomiy qoidabuzarliklarni baholash uchun yuborilgan.
🔍 Lissondagi VAR xonasida yuz bergan hodisa bo'yicha alohida tergov olib borilmoqda — bu ish bilan Montsa prokuraturasi shug'ullanadi.
Bu A Seriya uchun hakamlik shaffofligi nuqtai nazaridan muhim yangilik.
Kristian Pulishich jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Milan lageridan yaxshi yangiliklar!
Kristian Pulishich Milanelloga qaytdi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Hozircha u individual dastur asosida ishlamoqda va jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
Asosiy maqsad — A Seriyaning birinchi turida Torinoga qarshi bahsga tayyor bo'lish.
The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabariga ko'ra, «Lids» darvozabon Jeyms Traffordni 40 million funt evaziga o'z safiga qo'shib olishga yaqin.
The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabariga ko'ra, «Lids» darvozabon Jeyms Traffordni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. Transfer summasi 40 million funt sterlingni tashkil etadi, shuningdek, bonuslar ham ko'zda tutilgan.
«Lids» va «Manchester Siti» hozirda bitimning yakuniy detallarini muhokama qilmoqda.
Mario Gila tibbiy ko'rikdan o'tdi. Himoyachida jiddiy jarohat aniqlanmadi va u yaqin orada safga qaytishi kutilmoqda.
Mario Gila bo'yicha xushxabar! 🙏❤️🖤
Tekshiruvlar jiddiy jarohat yo'qligini tasdiqladi! ✔️
Himoyachida o'ng son mushagining zo'riqishi aniqlandi, hech qanday jiddiy shikastlanish yo'q. 💪
Hozirda Gila individual dastur asosida shug'ullanadi, shifokorlar uning holatini har kuni nazorat qilib borishadi. 📋
Prognozlarga ko'ra, tiklanish jarayoni 1–2 hafta davom etadi, shu sababli ispaniyalik futbolchining jamoa bilan birgalikda mavsumoldi turnesini davom ettirishiga yaxshi imkoniyat bor. ⏳
Amorim shtabining asosiy vazifasi — yangi futbolchining sog'ligini xavf ostiga qo'ymaslik va uni A Seriya doirasidagi «Torino»ga qarshi o'yinga 100 foiz tayyor holga keltirishdir. 🎯
«Torino» himoyachi Eray Jomert transferini yakunlamoqda. Futbolchi 2028-yilga qadar shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Italiyaning «Torino» klubi himoyachi Eray Jomert transferi bo'yicha kelishuvni yakunladi. Shu tariqa, futbolchining «Valensiya»ga qaytishi masalasi kun tartibidan olib tashlandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi kelasi hafta o'rtalarida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Ayni damda Jomert jahon chempionatidan keyingi ta'tilini o'tkazmoqda. Yaqin kunlarda uning turinliklar safiga o'tishi rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Nikolo Shira xabariga ko'ra, Lukas Perri "Lids"ni tark etishga tayyor. "Torino" braziliyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda.
Nikolo Shira xabariga ko'ra, Lukas Perri "Lids"ni tark etishga tayyor. "Torino" braziliyalik darvozabonga qiziqish bildirayotgan klublardan biri hisoblanadi.
«Strasbur» «Nottingem Forest» himoyachisi Kuyabanoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi uchun «Torino» va «Renn» ham kurash olib bormoqda.
🚨 Joao Pedro Fragoso xabariga ko'ra, «Strasbur» «Nottingem Forest» va Kuyabanoning vakillari bilan bog'langan. Fransiya klubi braziliyalik chap qanot himoyachisini tarkibni kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.
«Vasko da Gama»dagi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng, futbolchiga «Torino» va «Renn» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
La Stampa xabariga ko'ra, "Torino" Lukas Perri transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Braziliyalik darvozabon "Lids"dan ijaraga olinishi mumkin.
La Stampa xabariga ko'ra, "Torino" Lukas Perri transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Nashr ma'lumotlariga qaraganda, Turin klubi braziliyalik darvozabonni ijaraga olish bo'yicha "Lids" bilan kelishib oldi. "Oqlar" rahbariyati bitta shart qo'ygan — o'tish faqatgina ular darvozabonga o'rinbosar topganlaridan so'ng ma'qullanadi.
Perri o'zi ham "Torino"ga o'tishni istamoqda. U o'tgan mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgan "Lids"dagi muvaffaqiyatsiz tajribadan so'ng vaziyatni o'zgartirish niyatida. Shu sababli, braziliyalik futbolchi "Torino" taklifiga darhol rozi bo'lgan.