Eray Jomert «Torino»ga o'tmoqda
«Torino» himoyachi Eray Jomert transferini yakunlamoqda. Futbolchi 2028-yilga qadar shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Italiyaning «Torino» klubi himoyachi Eray Jomert transferi bo'yicha kelishuvni yakunladi. Shu tariqa, futbolchining «Valensiya»ga qaytishi masalasi kun tartibidan olib tashlandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi kelasi hafta o'rtalarida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Ayni damda Jomert jahon chempionatidan keyingi ta'tilini o'tkazmoqda. Yaqin kunlarda uning turinliklar safiga o'tishi rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.