Shveytsariyalik himoyachi Eray Jomert «Valensiya» bilan rasman xayrlashdi. U o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ta'sirli murojaat yo'lladi.
Futbolchi klub, shahar va muxlislarga birga o'tkazgan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildirib, «Valensiya» uning qalbida doimo alohida o'rin tutishini ta'kidladi.
«Bu klub, bu shahar va uning odamlari qalbimdan alohida joy oldi. Biz birgalikda yana ko'plab go'zal daqiqalarni boshdan kechirishimizga doimo kichik umid bor edi. Mening maqsadim har doim “Valensiya”ni o'zi munosib bo'lgan joyga — eng kuchlilar qatoriga qaytarish edi», — deb yozdi Jomert.
Shu tariqa, himoyachi Ispaniya klubidagi faoliyatini yakunladi va jamoa hamda muxlislar manziliga minnatdorchilik so'zlarini yo'lladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!