Eray Jomert «Torino» futbolchisiga aylandi
«Torino» «Valensiya» himoyachisi Eray Jomertni o'z safiga qo'shib oldi. Tomonlar 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
«Torino» Eray Jomert transferini rasman e'lon qildi.
Shartnoma himoyachi bilan ikki mavsumga, ya'ni 2028-yilning iyuniga qadar imzolandi.
Shveytsariyalik futbolchi «Valensiya» safida 55 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.