Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Real Sociedad — yangiliklari

Real Sociedad va bog'liq yangiliklar

Ispaniya Superkubogi-2026 yarim final juftliklari ma'lum
ZZoneRM ↗ Umumiy

Ispaniya Superkubogi-2026 yarim final juftliklari ma'lum

Ispaniya Superkubogi-2026 yarim final juftliklari aniqlandi. Turnirning o'tkazilish joyi bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Ispaniya Superkubogi-2026 yarim finalida «Real Madrid» «Real Sosedad»ga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim finalda esa «Barselona» «Atletiko» bilan kuch sinashadi.

Marca xabariga ko'ra, Ispaniya Superkubogi-2026 musobaqasini Qatarda o'tkazish masalasi so'roq ostida qolmoqda.

Turnir katta ehtimol bilan fevral oyining birinchi haftasida AQSH, Meksika, Xitoy yoki Misrda tashkil etilishi mumkin. Biroq, musobaqa o'tkaziladigan joy bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Andoni Gorosabel "Valensiya" nishonida

Andoni Gorosabel "Valensiya" nishonida

Herman Munyos xabariga ko'ra, "Valensiya" o'ng qanot himoyachisi Andoni Gorosabelni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

🚨 Herman Munyos xabariga ko'ra, "Valensiya" o'ng qanot himoyachisi Andoni Gorosabelni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

O'yinchi va klub qiziqishi haqida ma'lumotlar:

Profil: Kuchli va tajribali himoyachi. U 29 yoshda — aynan shunday tajribali o'yinchi Karlos Korberanga kerak.

La Liga tajribasi: "Real Sosedad", "Deportivo Alaves" va "Atletik Bilbao" safidagi o'yinlari orqali Ispaniya chempionatini juda yaxshi biladi.

Muhim jihat: Andoni Luis Rioxa bilan birga o'ynagan va ular maydonda bir-birini juda yaxshi tushunishadi.

Bog'liq yangiliklar

Umar Sadiq jarohat sabab Angliyaga uchmadi

Umar Sadiq jarohat sabab Angliyaga uchmadi

Umar Sadiq son mushaklaridagi jarohat sabab jamoasi bilan Angliyaga uchmadi. Hujumchi 10 kun atrofida safdan chiqdi.

Umar Sadiqning La Liga mavsumi startidagi ishtiroki xavf ostida emas.

Hujumchida son mushaklarining mikroyirtilishi aniqlangan. Taxminiy tiklanish muddati — 10 kun atrofida.

Shunga qaramay, bugun Sadiq jamoa bilan Angliyaga uchmadi. U Paternada qolib, tibbiyot xodimlari nazorati ostida tiklanish jarayonini davom ettiradi.

Atletiko Madrid Mikel Oyarzabal transferi bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli o'tkazdi

Atletiko Madrid Mikel Oyarzabal transferi bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli o'tkazdi

Sport xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Mikel Oyarzabal transferi bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi.

Sport xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Mikel Oyarzabal transferi bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi va dushanba kunidan jarayon yanada faollashishi kutilmoqda.

Uning ehtimoliy transferi Xulian Alvaresning «Barselona»ga o'tishiga yo'l ochib berishi mumkin.