Rafa Benites Andoni Iraola haqida fikr bildirdi
Rafa Benites Andoni Iraolaning «Liverpul»dagi ehtimoliy muvaffaqiyati va uning murabbiylik uslubi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Sky Sports xabariga ko'ra, Rafa Benites Andoni Iraolaning murabbiylik salohiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Iraola «Bornmut»da o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Biz uni «Rayo Valyekano»ni boshqargan paytlaridayoq kuzatganmiz. Shtabim a'zolaridan biri uning mashg'ulotlarini kuzatib, jarayonga juda chuqur kirishib ketganini va doimiy ravishda maydonda nimadir qilishga intilayotganini aytgandi.
«Bornmut»da u o'zini ko'rsatdi, endi esa oldida yanada jiddiyroq vazifa turibdi. «Liverpul» – ulkan klub, ammo o'ylaymanki, uning ustunligi shundaki, u bu ligani yaxshi biladi. Premer-ligaga ilk bor kelganingizda hammasi boshqacha bo'ladi, bu oson emas. Hozir esa u chempionatni yaxshi tushunadi.
Muxlislar uni albatta qo'llab-quvvatlashadi. O'ylaymanki, uning o'yin uslubi ularga yoqadi. Menimcha, uning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari yuqori.