🗣️ Tarkib haqida:
«Ushbu jamoaning salohiyati meni ilhomlantirdi. Ishlash mumkin bo'lgan tarkibni topish, birgalikda yangi futbol g'oyalarini yaratish, stadionga hissiyotlar olib kirish va muxlislar bilan bog'liqlikni yo'lga qo'yish muhim».
🗣️ Dastlabki kunlar haqida:
«Allaqaachon joylashib oldim. Kayfiyatim a'lo, birgalikdagi ishni intiqlik bilan kutyapman. Bu katta sharaf. So'nggi o'n yilliklarda katta muvaffaqiyatlarga erishgan shunday buyuk klubning bir qismi bo'lish — katta imtiyoz. Biz yangi chaqiriqni intiqlik bilan kutyapmiz».
🗣️ O'yinchilar oldiga qo'yilgan maqsadlar haqida:
«O'zingni ayamaysan, jamoa uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilish muhim. Albatta, astoydil mehnat qilish kerak. Bunday ishchi madaniyatni yaratish zarur va u aynan shu yerda, Kobbemdagi kundalik mashg'ulotlardan boshlanadi.Biz bir-birimizni doimo maksimal natija ko'rsatishga undashimiz kerak. Har kim o'zining eng yaxshi versiyasini namoyish etish uchun borini berishi shart. Agar biz bir-birimiz bilan shunday kayfiyatni ulashsak, kelajakka optimistik nazar bilan qaray olamiz».
🗣️ «Stamford Bridge» haqida:
«Bu stadion qanday energiyaga egaligini juda yaxshi bilaman. Muxlislar va jamoa o'rtasida aloqa paydo bo'lishi uchun biz o'sha energiyani qaytadan yaratishimiz kerak».
🗣️ Muxlislar haqida:
«Muxlislarga shuni yetkazmoqchimanki, agar biz birga bo'lsak, yaxshi kunlar kelishiga bo'lgan ishonchni ular bilan baham ko'rmoqchimiz. Agar biz shunday kuch yaratsak, u bizdan taralishi va bizga energiya olib kelishi kerak. Ammo buni birgalikda qilish muhim, shunda biz yaqin yillarda buyuk ishlarga erisha olamiz».
🗣️ Salohiyat haqida:
«Bu yerda buyuk ishlarni amalga oshirish uchun imkoniyatlarimiz katta deb hisoblayman. Biz shuni bilamizki, muvaffaqiyat — bu yaxshi mehnat, sifatli qarorlar va klubda qurmoqchi bo'lgan to'g'ri madaniyatning natijasidir. Juda ko'p odamlar ishtirok etadigan bu murakkab, ammo yoqimli jarayonning go'zalligi ham shunda».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!