Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Newcastle United — yangiliklari Umumiy

Newcastle United va bog'liq yangiliklar

Nyukasl yozgi transferlar oynasida yosh futbolchilarni tarkibga qo'shmoqchi

Nyukasl yozgi transferlar oynasida yosh futbolchilarni tarkibga qo'shmoqchi

Nyukasl yozgi transferlar oynasida yosh futbolchilarni tarkibga qo'shishni rejalashtirmoqda. Eddi Xau jamoani yoshartirish ustida ishlamoqda.

🚨 Yozgi transferlar oynasi yakuniga qadar Nyukasl tarkibni yosh futbolchilar bilan kuchaytirishi kutilmoqda. Viktor Munyos va Yoxan Manzambi transferlari atrofidagi shov-shuvlardan so'ng, klub boshqa bitimlar tafsilotlarini sir tutgan holda, ularni yakunlashga yaqin turibdi.

Transferlar oynasi yopilgunga qadar klub yarim himoyachi, ehtimol ikkita qanot himoyachisi va darvozabonni o'z safiga qo'shib olishi kerak. Agar Jeykob Merfi jamoani tark etadigan bo'lsa, yana bir o'ng qanot vingeri xarid qilinishi mumkin.

Shu bilan birga, yangi keladigan futbolchilar yosh va tajribasiz bo'lishi aniq. Nyukasl ularni darhol natija ko'rsatishi uchun emas, balki salohiyatiga qarab sotib olmoqda. Ulardan Entoni Gordon yoki Sandro Tonali kabi darhol katta ta'sir o'tkazishini kutib bo'lmaydi. Ularga moslashish va rivojlanish uchun vaqt hamda sabr kerak bo'ladi.

Kelasi mavsumda Nyukasl tarkibi yoshroq va kamroq tajribaga ega bo'ladi, Eddi Xau esa barcha yangi kelganlarni yagona jamoaga birlashtirishi kerak. Biroq, vaqt va sabr talab etilishi murabbiyga bu vaqt albatta berilishini anglatmaydi.

Luke Edwards xabariga ko'ra
Newcastle United klubi o'z emblemasini yangilamoqchi

Newcastle United klubi o'z emblemasini yangilamoqchi

Newcastle United klubi o'z emblemasini to'liq o'zgartirmaydi, balki tarixiy merosni saqlab qolgan holda uni zamonaviylashtiradi.

Klub emblemasi bo'yicha yangilanishlar ma'lum qilindi.

To'liq o'zgarish bo'lmaydi. Hozirgi holatdagi emblema yangilanadi, chunki «oldinga qarab harakatlanish» kerak. Avgust oyida muxlislar bilan uchrashuv bo'lib o'tadi, shuningdek, kelgusi rejalar aynan o'tkaziladigan so'rovnomaga bog'liq bo'ladi.

So'rovnoma yakunlariga ko'ra, muxlislarning pozitsiyasi bir xil bo'lib chiqdi: mavjud emblemaga tarixiy merosni saqlab qolgan holda soddalik kiritish. Gap noldan yangi gerb yaratish haqida emas, balki hozirgisining zamonaviy va moslashuvchan versiyasi haqida bormoqda. Shu bilan birga, so'rovda qatnashgan har besh kishidan to'rt nafari amaldagi emblema klub uchun muhimligiga qaramay, amaliy jihatdan cheklovlarga ega ekanligini tan oldi. Respondentlarning 84 foizi klub ramzini to'liq o'zgartirishni emas, balki tarixiy elementlarni saqlab qolgan holda hozirgi gerbni yangilashni qo'llab-quvvatladi.

Bog'liq yangiliklar