"Nyukasl" Shon Styur uchun "Ayaks"ga katta mablag‘ to‘laydi.
Eredivisie ↗ ●●●○○ Umumiy 👁 33

"Nyukasl" Shon Styur uchun "Ayaks"ga katta mablag‘ to‘laydi.

De Telegraaf nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, klublar transferni deyarli kelishib olishdi: "Ayaks" 24 mln yevro hamda oson bajariladigan bonuslar ko‘rinishida yana 3 mln yevro oladi.

Bundan tashqari, amsterdamliklar futbolchining keyingi sotuvidan 12,5% ulushni o‘zlarida saqlab qolishadi.

18 yoshli iqtidor egasining o‘zi esa "Nyukasl" bilan 2031-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnomani kelishib bo‘lgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!