⚡️🚨 "Nyukasl" Bruno Gimaraesning klubdan ketishga ruxsat so‘ragani haqidagi xabarlarni rad etmadi.
Shu bilan birga, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, "Arsenal" hali braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha "Nyukasl" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmagan. Vaziyat Sandro Tonali bilan bog‘liq voqeani eslatmoqda, o‘shanda ham aloqalar klublar o‘rtasida o‘rnatilmagan edi.
Xabar qilinishicha, tomonlar agentlar va vositachilar orqali bitimning ehtimoliy shartlarini muhokama qilib bo‘lishgan, biroq klublar o‘rtasida hamon rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tmagan.
"Nyukasl"ning pozitsiyasi butun yoz davomida o‘zgarishsiz qolmoqda. Klub Brunoni sotishdan manfaatdor emas, o‘z sardorini daxlsiz deb hisoblaydi va u bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish niyatida emas.
⭐️ Keith Downie
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!