Matthias Jaissle «Nyukasl» bosh murabbiyi bo'lishga yaqin
Matthias Jaissle «Nyukasl» bosh murabbiyi bo'lishga yaqin. Eddi Xau va uning murabbiylar shtabi klubni tark etmoqda.
🚨 Matthias Jaissle ertaga «Nyukasl»ning Ispaniyadagi yig'iniga tashrif buyurib, futbolchilar bilan tanishadi.
38 yoshli germaniyalik mutaxassis deyarli besh yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etadigan Eddi Xau o'rniga bosh murabbiy etib tayinlanish arafasida turibdi.
Xau bilan birga uning yordamchisi Jeyson Tindall, shuningdek, murabbiylar Stiven Perchess va Saymon Uezerston ham klubdan ketadi.
Bundan tashqari, 2021-yilda Xau kelguniga qadar klubda ishlagan Grem Jonsning ham ketishi kutilmoqda.
Bugun jamoa Ispaniyadagi yig'inga yo'l oladi. Yayssle rasman tayinlangunga qadar jamoa ishini sport direktori Ross Uilson va jismoniy tayyorgarlik bo'limi boshlig'i Jeyms Bans boshqarib turadi.
⭐ Keith Downie