⚡️🚨 Manbalarga ko'ra, «Nyukasl»da ma'lumotlarning sizib chiqishi agentlar yoki vositachilar orqali yuz bergan deb hisoblashmoqda.
Shu bilan birga, Bruno atrofidagi insonlar bu ma'lumotlar futbolchining o'zi yoki uning vakillari tomonidan tarqatilmaganini ta'kidlashmoqda.
Ularning so'zlariga ko'ra, braziliyalik futbolchi «Nyukasl»da yaxshi sharoitlarda to'p surayotganini tushunadi va Eddi Xau jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligini barbod qilmoqchi emas. Uning munosabatini ko'rsatuvchi omillardan biri — shu oy oxirida klub ixtiyoriga o'z vaqtida qaytishi bo'ladi.
Shuningdek, Gimaraes rahbariyatga bosim o'tkazish orqali transferni talab qiladimi yoki yo'q, degan savol ham ochiq qolmoqda. Biroq, bunday ssenariy dargumon ko'rinadi, chunki 2022-yilda «Nyukasl»ga o'tganidan beri yarim himoyachi klub ichida biror marta muammo tug'dirmagan.
🥇 Lee Ryder
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!