Lukash Gornichek "Nyukasl"ga o'tishga yaqin
Lukash Gornichek Ispaniyada tibbiy ko'rikdan o'tdi va tez orada "Nyukasl" futbolchisiga aylanadi. Transfer qiymati 25,7 million funtni tashkil etadi.
🚨 Lukash Gornichek Ispaniyada tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va yaqin vaqt ichida "Nyukasl"ning yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.
Bir necha kun avval "Nyukasl" 25,7 million funt sterling miqdoridagi tovon puli bandini faollashtirgan edi. Kecha chexiyalik darvozabon La-Mangaga yetib keldi va u yerda yangi jamoadoshlariga qo'shildi.
⭐ Keith Downie