Mett Ritchi professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi:
Bu yillar davomida hamma narsa bo'ldi. Men klubga u Chempionshipda o'ynayotgan paytda kelganman va asosiy vazifamiz «Nyukasl»ni o'z o'rni bo'lgan Premer-ligaga qaytarish edi.
O'sha jamoaning bir qismi bo'lganimdan faxrlanaman. Bosim juda katta edi, ammo biz uddaladik va juda qiyin kurashda maqsadimizga erishdik. Premer-ligaga chiqqanimizdan so'ng vazifalar o'zgardi. Elitada o'rnashib qolish kerak edi, bu esa ko'ringanidan ko'ra ancha qiyinroq vazifa. Birinchi mavsumni unchalik yaxshi boshlamadik, lekin keyin o'yinimizni topib oldik va o'ninchi o'rinni egalladik.
Har yili jamoa va klub faqat kuchayib bordi. Sakkiz yil ichida ko'p narsa yuz berdi. Klub o'sish uchun ulkan salohiyatga ega edi va men bu yo'lning bir qismi bo'la olganimdan sharaf tuyaman. Bu maydonda va maydon tashqarisida mehnat qilgan barchaning xizmati.
Meni va jamoani qo'llab-quvvatlagan, ish faoliyatimiz uchun sharoit yaratgan barchadan minnatdorman. Barcha murabbiylarga, shtab va klub xodimlariga alohida rahmat. Aynan shu insonlar tufayli har bir kun zavq bag'ishladi va «Nyukasl»dagi vaqtim haqidagi xotiralar umrbod men bilan qoladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!