Ilan Kebbal Marselga o'tishi mumkin
Ilan Kebbal Marsel bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani aytilmoqda, ammo ma'lumot hali rasman tasdiqlanmagan.
Nordi L'instant N xabariga ko'ra, Ilan Kebbal va Marsel klubi 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Futbolchi klub rahbariyatiga jamoadan ketish istagi borligini ma'lum qilgan.
Parij klubi ushbu transfer evaziga 10 million yevro ishlab olishni kutmoqda.
Biroq, ushbu manbaga unchalik ishonib bo'lmaydi, chunki uning obunachilari soni atigi 6,5 ming nafarni tashkil etadi. Nufuzli manbalardan tasdiq kutamiz.