Ayaks Unai transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
Ayaks Jirona futbolchisi Unaini transfer qilmoqchi, ammo klub tovon pulini to'lashga shoshilmayapti.
Ayaks Jirona futbolchisi Unaini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Biroq, Amsterdam klubi futbolchi uchun belgilangan tovon pulini to'lashga tayyor emas.
Ma'lumot uchun, La Ligadan tushib ketish bandi sababli futbolchining tovon puli 25 million yevroni tashkil etadi. Ayaks hozirda transfer narxini pasaytirishga urinmoqda.
Eslatib o'tamiz, Marsel klubi futbolchining navbatdagi transferidan 30 foizlik ulush oladi.